RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 12 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali G‘uzor tumani Pachkamar hududidagi yoʻl bo‘yicha “ Ҳоким бобо яшанг, рекламага гап йўқ.
Ғузор туманида секин хайда, шу ҳолатга келасан деган огоҳлантирувчи рекламани зўри.. Ҳоким Суюнов Бекзод Олимович жаноблари, нега энди шу рекломга етгон ақлингиз бузуқ йўлни таъмирлашга келганда оқсайдур !?
Йўл қурилиш бошқармаси эса уйқуда, буларни кетига тепса ишлайди
Ғузор тумани Пачкамар..” tanqidiy va e’tirozli material joylandi.
Mazkur video murojaatga Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati quydagicha izoh beradi.
Xalqaro ahamiyatidagi M39 “Almati– Bishkek – Toshkent — Termiz” avtomobil yo‘lining 1152–1258 — km oralig‘idagi 450 m2 maydondagi qoplamadagi mavjud buzilishlar, dungsimon siljishlar, еmirlishlar freza yordamida qirkib olindi, ekskovator yordamida kovlab tuproqlari olinib, qum shag‘al aralashmasi bilan to‘ldirilib geometrik o‘lchamlarga keltirildi.
Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi buyurtmachiligida, Qashqadaryo yo‘llardan muntazam foydalanish korxonasi davlat muassasasiga qarashli 205- sonli yo‘l bo‘limi xodimlari tomonidan M39 “Almati – Bishkek – Toshkent — Termiz” avtomobil yo‘lining 1152—1258 — km oralig‘idagi 450 m2 maydoni ta’mirlashga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 2025- yilning 13-14 sentyabr kunlari asfaltobeton qorishmasi bilan ta’mirlanish ishlari boshlangan.
Bir ikki kunda yo‘ldagi nosozliklar to‘liq bartaraf bo‘lishini ma’lum qiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulaylıklarni toʻgʻri tushunib har xil notoʻgʻri fikrlarga bormaslikni soʻraymiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi so‘zingizga e’tiborli bo‘ling!

Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati