
“Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi buyurtmasi asosida ayni kunlarda Qarshi shahridagi ichki ko‘chalarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mazkur korxona buyurtmachiligida hududdagi “Buyuk Turon” kichik sanoat zonasida tadbirkorlarga qulay sharoit yaratish maqsadida yangi ichki yoʻllar qurildi.
“Obod turmush” loyihasi asosida amalga oshirilgan qurilish ishlari 1,5 mild so‘m mablag evaziga muvaffaqiyatli yakunlandi.
“Buyuk Turon” kichik sanoat zonasidagi yangilangan yoʻl infratuzilmasi shaharning iqtisodiy rivojlanishida muhim oʻrin tutib, hudud rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.