
Qarshi shahrining «Xonobod» ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Qarshi shahrida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va transport harakati uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida “Xonobod” ko‘chasida asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Uzoq yillardan buyon ta’mirtalab holatda bo‘lgan ushbu ko‘cha hozirda zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ta’mirlanib, yangi asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.
Mazkur ishlar transport harakatining xavfsizligi va qulayligini ta’minlashga xizmat qiladi.