
Qashqadaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi yo‘lsozlari tomonidan Ko‘kdala tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi A378 “Samarqand-G‘uzor” avtomobil yo‘lining 57—85- kilometrlari oralig‘idagi eski yo‘l belgilari yangisiga almashtirilmoqda.
Jarayonga 4 ta maxsus texnika va 4 ta guruhda 12 nafar mutaxassis jalb etilgan.
Yo‘l belgilari harakat xavfsizligini taʼminlovchi eng muhim vositadir. Birgina Ko‘kdala tumanida 60 ga yaqin eski yo‘l belgilari yangisiga almashtirildi.