
Avtomobil yo‘llari – iqtisodiyotning “qon tomiri”. Shu bois mamlakatimizda bu sohaga alohida e’tibor qaratilib, ish ko‘lami va sifatini oshirishga harakat qilinmoqda.
Qashqadaryo viloyatida ham yo‘llarni zamonaviy yondashuvlar asosida qurishga, yo‘l belgilari o‘rnatishga hamda yo‘l yotiq chiziqlarini chizishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shahrisabz tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi balansidagi mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 70 V 038 «Shahrisabz-Miraki» avtomobil yo‘lining 3—26-kilometrlari oralig’ida yo‘l yotiq chiziqlari chizilmoqda.