“Konstitusiya — erkin va farovon hayot garovi”

Bugun Qashkadaryo viloyati Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitusiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda boshqarma xodimlari hamda boshqarma tarkibidagi korxonalar ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimi Ubaydullo Alibaev ishtirokchilarga “Konstitusiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini hayotiy misollar bilan tushuntirib berdi.
Ta’kidlanganidek, Konstitusiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralar, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo’lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. U nafaqat huquqiy, ijtimoiy va siyosiy, balki barchani jipslashtiradigan, fuqarolar o’z orzu-umidlari, huquq va manfaatlari echimini ko’radigan hujjatdir.