
Qashqadaryo viloyat avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi Qarshi yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi yuriskonsulti Pardayev Eshkobil Normatovich Kasbi tumanida joylashgan 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari jamoasida O‘zbekiston Respublikasi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun mohiyati yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbirida deputatning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida qonun talablariga ko‘ra tushinchalar berib davra suhbati o‘tkazdi. Bundan tashqari, davra ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga javob berdi.