“Inson qadri ulugʻlangan yurt Konstutitsiyasi” huquqiy targʻibot davra suhbati

Qashqadaryo viloyati avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi huquqiy targʻibot guruhi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezidentimizning 2024-yil 17-oktyabrda qabul qilingan Farmoyishi ijrosini taʼminlash yuzasidan huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.Shunday tadbirlardan biri Shahrisabz tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasi yuriskonsulti M.Ashurov tomonidan Shahrisabzs shahridagi “Yangi Kesh” bozori MCHJda “Inson qadri ulugʻlangan yurt Konstutitsiyasi” mavzusida bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.Tadbirda M.Ashurov,IIB xodimi-profilaktika inspektori D.Oʻrinov,»Yangi Kesh MCHJ direktori A.Umarovlar mavzu yuzasidan maʼruza qilishib,Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati, tadbirkorlik rivojiga doir muhim jihatlar xususida maʼlumotlar berildi. Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yoʻlida qoʻlga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori – kelajagimizning ishonchli kafolati ekanligi taʼkidlanib yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini tushuntirishlar berildi. Davra suhbatida qatnashuvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.