
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Poly Changda kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha Marketing yo‘nalishi rahbari Syuye Szinni Qo‘mita raisi Jamshid Tursunov qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 10-oktabrdagi 330-son qarorida “Samarqand-Qarshi yo‘nalishidagi 4R 87 A378 avtoyo‘li-Qarshi avtomobil yo‘lining 3–52-km (49 km) qismini sement-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish belgilangan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi va Poly Changda o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan edi. Ushbu memorandumda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish Xitoyning Poly Changda kompaniyasiga yuklatilgan bo‘lib, Poly Changda kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan tijorat taklifi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga taqdim etildi. Bugungi kunda loyiha taklifi vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Uchrashuvda har ikki tomon mazkur loyiha bo‘yicha takliflarini muhokama qildi.