
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida «Ish yuritishda lotin grafikasidan foydalanish» mavzuida Qo‘mita xodimlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.Tilshunos Nargiza Aytniyozova davlat korxona va tashkilotlari o‘zlarining ish yurituv hujjatlarida amal qilishlari shart bo‘lgan qoidalar bo‘yicha tushuntirish berdi.
Shuningdek, ish yuritish jarayonida lotin grafikasidan foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni bartaraf etish bo‘yicha yaratilgan platformalar haqida ma’lumot berib o‘tdi.