
Qashqadaryo viloyati AYBBda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi va 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan «Faxrimsan, iftixorsan, ona tilim!» mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Unda «Navqiron» gazetasi bosh muharriri Q. Qo‘ldosheva hamda Qarshi shahar 34-maktabning o’zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi I. Murodova ishtirok etishdi.
Interaktiv usulda tashkil etilgan tadbirda ona tilimizning qadim va azim tarixga egaligi, millatimiz fenomenini shakllantirishda ustuvor ahamiyat kasb etganligi va bugungi kunda ham ona tilimizga hurmat, uning qadr-qimmatini oshirishga davlat darajasida e’tibor qaratilayotganligi xususida fikr yuritildi.
Tilimizni qadrini oshirish uchun eng avvalo, o’zimiz uni qadrlashimiz lozimligi ta’kidlandi. So‘nggi yillarda ona tilimizni yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar ham tilimizga bo‘lgan hurmatning bosh belgisi ekanligi xususida fikr-mulohazalar tinglandi.