
🔘Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida xalqaro loyihalarni moliyalashtirish masalasi muhokamasi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔘Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridagi Transport amaliyoti bo‘yicha rahbari janob Shomik Raj Mendiratta boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi J.Tursunov qabul qildi.
🔘Uchrashuvda yo‘l va ko‘priklar qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, intellektual transport tizimini joriy etish orqali mavjud muammolarga yechim qidirish, M41 avtomobil yo‘lining loyihasini tayyorlash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
🔘Shuningdek, yo‘l xo‘jaligi sohasiga xususiy sektorni jalb qilish, avtomobil yo‘llari qurilishida samarali loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha ham fikrlashildi.