Rasmiy Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yaqinda bitgan ko‘prik yana yaroqsiz holga kelmoqda➖Yakkabog‘” sarlavhasi ostida e’lon qilingan tanqidiy murojaat  yuzasidan Qashqadaryo MYBXDM quyidagilarni ma’lum qiladi:
Mazkur tanqidiy murojaat belgilangan tartibda mas’ullar va mutaxassislar, ishtirokida o‘rganib chiqilgan. O‘rganish davomida Yakkabog‘ tumani Xiyobon MFY Qizildaryo daryosi ustidan o‘tuvchi  ko‘prikning holati yaxshi ekanligi, bahor oylarida sel suvlari ko‘p kelishi natijasida daryo o‘zani 5 metr pastlaganligi oqibatida ko‘prikning oraliq qurilmasi poydevori va tayanch qoziqlari ochilib qolganligi aniqlandi. Buning evaziga ko‘prikning qirgo‘qlarini mustahkamlashda ishlatilgan monolit beton ishlari zarar ko‘rib shikastlangan. Hozirgi vaqtda ko‘prikni saqlab qolish maqsadida undagi suv chiqish qismida himoya dambasini qurish ishlarini bajarish maqsadga muvofiq deb topilganligi,
shuningdek, ko‘prik daryo o‘zani sathining  5 metr pasayib ketishiga daryodan muttasil ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olinib, qumni saralash zavodlarida qayta ishlanishi ham sabab bo‘layotganligi mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan. Shu boisdan karyerlardan foydalanishni to‘xtatish maqsadga muvofiq.

Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!