Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24—25-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan  35-sonli yig‘ilish bayonining ijrosi yuzasidan Qarshi shahridagi markaziy ko‘chalarda qurish va ta’mirlash ishlari qizg’in sur’atda olib borilmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi buyurtmachiligida Islom Karimov ko‘chasida quyma beton to‘siq quyish jarayonlari yakuniga yetkazildi.
Ayni chog‘da Qarshi YMFDM yo‘l ustalari tomonidan mazkur yo‘lning o‘ng tomoni 1,6 km uzunlikda asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!