Ijtimoiy tarmoqlar orqali “O‘zdiplomat” rasmiy telegram kanalida 22.02.2026 yil kuni uzatilgan “Қарши–Шаҳрисабз магистрал йўли таъмири нега тўхтаб қолди? ” sarlavhasi ostidagi videomurojaaga Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati izoh beradi.
Mazkur murojaatda ta’kidlangan yo‘l – Yakkabog‘ tumani hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi D148 (4R84) “Yakkabog‘ – Chiroqchi — Sho‘rbozor” avtomobil yo‘lining 13–19- kilometr oralig‘i 2 toifaga mansub bo‘lib, 2024 — 2025 yillar davomida ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Ochiqlaymiz…
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025 yil 17 sentyabrdagi 02-RA 1/1-2992-sonli topshirig‘ida Yakkabog‘ tumani “Oqtosh” MFY hududidan o‘tgan mazkur D148 (4R84) “Yakkabog‘ – Chiroqchi — Sho‘rbozor” avtomobil yo‘lining 13–19- kilometr oralig‘ini 2 tasmadan 4 tasmaga o‘tkazish hamda 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi ko‘chaga aylantirish belgilangan.
Jarayonda…
Bugungi kunda ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilgan va “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan 2026 yil 4 fevralda ijobiy xulosa berilgan.
His hayajonga berilmaymiz!!!
Qashqadaryo viloyati Moliya boshqarmasi tomonidan ob’ektni moliyalashtirish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati Xalq Deputatlari Kengashi muhokamasiga kiritilgan bo‘lib, qaror tasdiqlangandan so‘ng ob’ektda ishlarini boshlash uchun bosh pudratchini aniqlash bo‘yicha tender (tanlov) savdol