Qashqadaryo viloyat
avtomobil yoʻllari
hududiy bosh boshqarmasi

Yagona raqam
+99875 221-15-72 ishonch raqami
BARCHA RAQAMLAR

Joriy yilning 22-23 fevral kunlari https://t.me/shokirjonov/10198, https://t.me/nasimov/43025  ijtimoiy tarmoqqa tanqidiy materiallar joylandi. Mazkur video murojaatga Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati izoh beradi.
Qo‘yidagi murojaatda ta’kidlangan yo‘l xalqaro ahamiyatdagi M39 «Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz » avtomobil yo‘lining 1135—1315- kilometr (180 km) qismlariga xizmat ko‘rsatadi.
Shundan yo‘lning 1200 – 1228- km qismi Qamashi tumani hududiga to‘g‘ri keladi.
Avtomobil yo‘lining 1173–1184- km (Shaxrisabz va Yakkabog‘ tumani) va
1240-1255 km (G‘uzor tumani) oralig‘i rekonstruksiya qilingan bo‘lib, bugungi kunda Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan 1255–1315- km (G‘uzor va Dehqonobod tumani) qismida sementbeton qoplama yotqizib rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, yo‘lning 1144–1173- km (Kitob va Shahrisabz tumani) hamda 1184–1200 -km (Yakkabog‘ tumani) qismlarini rekonstruksiya qilish ishlari Qarshi – Shahrisabz – Kitob yo‘nalishidagi 106 km yo‘llarni rekonstruksiya qilish ishlari loyihasida nazarda tutilgan.
Avtomobil yo‘lining ta’mirtalab holatga kelib qolgan hamda haydovchi va fuqarorlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan 1200–1238- km (Qamashi va G‘uzor tuman) qismini rekonstruksiya qilish ishlari “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida” gi qaroriga kiritishga taklif berilgan.
Hozirda yo‘lga xizmat ko‘rsutavchi korxona tomonidan avtomobil yo‘lining qatnov qismida paydo bo‘lgan nuqson va buzilishlar muntazam bartaraf etib kelinmoqda.  Ayni kunlarda, Qashqadaryo Yo‘llardan muntazam foydalanish davlat muassasasi tomonidan murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan 1227- km qatnov qismidagi nuqsonlarni bugungi kunda to‘liq bartaraf etish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ishchi kuchi va maxsus  qurilish texnikalari jalb etilgan.
Hurmatli fuqarolar!
Mablag‘ bilan bitadigan ishlar esa hamisha vaqt talab qiladi.
Shunday ekan,buni to‘g‘ri tushunasiz degan umiddamiz!
Mazkur yo‘llarda yuzaga kelayotgan nuqsonlar to‘liq bartarf etilishi nazoratga olingan.