Qashqadaryo viloyat
avtomobil yoʻllari
hududiy bosh boshqarmasi

Yagona raqam
+99875 221-15-72 ishonch raqami
BARCHA RAQAMLAR

@SHOPIRLAR —
telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali e’lon qilingan “Бунчаликмасда энди!
Асфальт эмас, шолча тўшаб кетишибдику?
Қашқадарёда янги ётқизилган асфальтни аҳволини қаранг. Қайси виждон билан қилинди экан бу иш?!” sarlavhasi ostidagi videomaterialda Mirishkor tumani “Oltin boshoq” MFY hududida“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025 yil 2-mavsumi doirasida ta’mirlanayotgan ichki avtomobil yo‘l sifatsiz va talab darajasida emasligi tanqid qilingan.
Mazkur mahalliy aholi tomonidan qilingan video murojaatga Qashqadaryo viloyati Avtomobili yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagicha munosabat bildiradi.

Batafsil ochiqlaymiz:
“Ochiq byudjet” axborot portali orqali o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonining 2025 yil 2-mavsumi doirasida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Oltin boshoq” MFY hududidagi Oltin boshoq ko‘chasining 2000 metri hamda Yangi Islohot ko‘chasining 937 metriga asfalt qoplamasi yotqizish, ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha qiymati 1 500,0 mln so‘mlik loyiha g‘olib deb topilgan.
Mazkur loyiha xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashining 2025 yil 8 sentyabrdagi VII-10-119-4-63-K/25-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan bo‘lib, 2-mavsum doirasida ushbu hududda yo‘llarni asfaltlash ishlarini amalga oshirish tasdiqlangan.
Ob’ekt bo‘yicha buyurtmachi sifatida Qashqadaryo mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi belgilangan.
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalariga ko‘ra, 2025 yil 12 noyabrdagi 203081-sonli bayon bilan “Zokirjonova Sevinch” XK loyiha tashkiloti g‘olib deb topilgan. Tayyorlangan hujjatlar “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2025 yil 19 noyabrdagi 265970-sonli ekspertiza xulosasiga asosan ko‘rib chiqilib, 1 426,6 mln so‘m miqdorida ijobiy xulosa berilgan.
Pudratchi tashkilotni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijasiga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabrdagi 208613-sonli bayon bilan “Mega Planeta Servis” MChJ g‘olib deb topilib, belgilangan tartibda shartnoma imzolangan.
Ob’ektning umumiy qiymati 1 355,3 mln so‘mni tashkil etib, yo‘lning umumiy uzunligi 2,8 kmni tashkil qiladi. Mazkur 2,8 km yo‘lning barcha qismi pudratchi tomonidan asfaltlashtirilgan.

O‘RGANISh, XULOSA VA YeChIM:

Bajarilayotgan ishiga halaqit berib, olib borayotgan ishlarning sifat ko’rsatgichlarini past darajada deb baholab,keng jamoatchilikka noto‘g‘ri ma’lumot tarqatib, omma oldida qilinayotgan ishlarni yaroqsiz deb talqin etgan, videomurojaatda ko‘rsatilgan aholi e’tiroziga sabab bo‘lgan holat — yo‘l chetining qatnov qismi ish jarayonida to‘liq qotib ulgurmagan paytda, zichlashtirish (katoklash) vaqtida olingan tasvir ekanligi aniqlandi.

Mahalliy aholi e’tiroziga sabab bo‘lgan 43,2 m² maydonda sifatsiz bajarilgan qatlam ish jarayonida qirqib olinib, yo‘l asosi qayta tiklandi, bitum emulsiyasi bilan ishlov berildi va mazkur qism kartasimon usulda qayta ta’mirlanib, to‘liq bartaraf etildi.

Vaholanki , barcha umumfoydalanuv avtomobil yo’llaridagi ishlar sifati tekshiriladi. Avtomobil yo‘llari qo’mitasi tarkibidagi “Sifat nazorat inspeksiyasi” tomonidan doimiy tarzda nazorat ostida ekanligini ma’lum qilamiz.