“Instagram” sahifasi orqali “Trassada_bugun” nomi bilan faoliyat yurituvchi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi tomonidan joriy yilning 04 mart kuni “#Кasbi #koson Йўлдаги ямалар” sahifasi ostida tanqidiy video material joylandi. Mazkur murojaatga Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Ushbu yo’ldagi ishlar allaqachon nazoratga olingan.Shuningdek,amaliy ishlar boshlab yuorilgan.
BATAFSIL OChIQLAYMIZ!!!!
Koson tumani Yangiobod MFY hududidagi D153 (4R90) “Qarshi sh.– Beshkent sh. Qamashi q. – Kasbi q. – Koson sh” shaxobchalari avtomobil yo’lining 60,2 kilometridagi ko’prikni ta’mirlash ishlari (dastlabki loyihasi 1 mlrd 200 mln so’m) 2026 yil manzilli dasturga kiritilib, mart oyi oxirida to’liq yakunlanishi belgilab olingan.
JARAYoN — NAZARDA TUTILGAN IShLAR:
Ko’prikda temir-beton plitalarni tutib turuvchi choklarni mustahkamlash va ustki qismiga yangi asfaltbeton qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda ko’prikda avtotransport vositalarining qatnovi cheklab, vaqtinchalik harakatlantirish maqsadida pudratchi “O’zyo’lko’prik klasteri” Qashqadaryo filiali tomonidan aylanma yo’l tashkil qilingan.
Yo’lovchi va haydovchilarning harakat xavfsizligini ta’minlash uchun temir-beton to’siqlar o’rnatildi.
Munosabat xulosasi:
Mazkur nosozliklar nazoratga olinib, ta’mirlashni boshlash uchun start berilgan.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz !


