Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktyabrdagi “Avtomobil yoʻllari boʻylab katta hajmli va ogʻir vaznli avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710-son qaroriga muvofiq, avtotransport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash, belgilangan ogʻirlik va gabarit meʼyorlariga qoʻyiladigan talablarni yanada kuchaytirish, shuningdek, respublikadagi barcha toifadagi avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarning xizmat muddatini uzaytirish hamda ularni saqlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilangan.
🚔 Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi, viloyat IIB JXX YHXB hamda viloyat Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari ishtirokida reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.
⚖️Reyd tadbirlari davomida qonun ustuvorligini taʼminlash, manfaatlar toʻqnashuvi hamda korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati AYBB matbuot xizmati