MANZILIM O’ZBEKISTON. YILLARNI BIRLASHTIRUVCHI YO’LLAR

Yurtimizda so‘nggi yillarda yo‘lsozlik sohasini rivojlantirish, yo‘llarni xalqaro talablar darajasiga keltirishga alohida  e’tibor qaratilyapti. Yo‘lsozlar tomonidan zamonaviy yo‘l, yo‘l o‘tkazgich, ko‘prik, piyodalar uchun yerosti va yerusti yo‘llari bunyod etilayotgani aholining uzog‘ini yaqin qilib, harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Ana shunday bunyodkorlik ishlarida  yo‘lsozlarning  ham munosib mehnati bor.

Yo‘l qurilishi  bilan bog‘liq jarayonlar faoliyatiga bir nazar

Yo‘l qurilishi  bilan bog‘liq jarayonlar faoliyatiga bir nazar 🔻Bugungi kunda zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi.  🔊O‘tgan yillar davomida xalqaro standartlarga muvofiq yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy avtomobil yo‘llarini qurish, yo‘l harakati qulayligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. […]

Jarayon (video)

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining markaziy ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari jadallik bilan olib borilayapti. Jumladan, tumandagi 4R-23L avtomobil yo‘lida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari kechayu-kunduz davom etmoqda. Ayni vaqtda «Yo‘l qurilish-ta’mirlash» MCHJ tomonidan asfalt yotqizish ishlari avjida.