
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan (https://www.facebook.com/watch/?v=7662240947154902) «Chiroqchi tuman Bolsevar qishlog‘ida joylashgan 1984-yilda qurilgan ko‘prikni sel suvlari buzib ketganligi» to‘g‘risidagi tanqidiy video murojaat yuzasidan Shahrisabz TYFDM quyidagilarni ma’lum qiladi:
Sel kelishi oqibatida zarar yetgan mazkur ko‘prik Shahrisabz tumani hokimligi qoshidagi Obodonlashtirish boshqarmasi hisobida turadi.
2024- yilning 6 -may kuni Shahrisabz tumani «Paxtazor» MFY, Nushkent qishlog’i hududida kuchli yomg’ir yog’ishi natijasida Tanxozdaryo daryosidan ko’p miqdorda sel suvlari kelishi natijasida Shahrisabz tumani «Paxtakor» MFY Nushkent qishlog’ini Chiroqchi tumani Hayitko’l va Bolsevar MFY bilan bog’ab turuvchi mahalliy ichki yo’lning Tanxozdaryosi ustidan o’tuvchi qismidagi 1985-yilda qurilgan uzunligi 35 metr va eni 12 m bo’lgan (temir beton) ko’prikka zarar yetishi natijasida yo’ldagi avtomobil va piyodalar harakati vaqtinchalik to’xtatilgan.
Vaziyat mutasaddi tashkilot mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan belgilangan tartibda o’rganib chiqilgan. Hozirgi vaqtda Shahrisabz tumani «Paxtakor» MFY Nushkent qishlog’ini Chiroqchi tumani Hayitko’l va Bolsevar MFY bilan bog’lab turuvchi mahalliy ichki yo’lda qatnovni amalga oshirish uchun 10 km uzoqlikda aylanma yo’l mavjud.
Shuni qo’shimcha qilish o’rinliki, mazkur ko’prik Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi tizimidagi korxonalarga tegishli emas.
Yo’limiz bir, niyatimiz xolis!