Yana bir quvonchli xabar: Yillar davomida ta’mirtalab bo‘lgan yo‘l ravon bo‘lmoqda

Borganlar, yurganlar biladi, tumandagi 4K341 «4R92 avtoyo‘lidan Beshkent shahri va Tallikuron qishlog‘ini bog‘lovchi yo‘l bir necha — qariyb 15 yillardan buyon o‘ta abgor va ta’mirtalab holatda edi.

Ushbu avtomobil yo‘lida bir necha kun avval qurilish-ta’mirlash ishlari boshlandi. Bugundan esa tayyor holatga keltirilgan ushbu avtomobil yo‘liga issiq asfalt qoplamasi yotqizish ishlari boshlandi.

Aytish joiz, uzoq yillar mutasaddilar nazaridan qolgan ushbu yo‘l ta’miri tumandoshlarimiz ayniqsa shu yo‘ldan qatnovchi fuqarolar uchun katta xushxabarga aylandi.