
Prezidentning PQ-408-sonli qarori bilan Yakkabog‘ tumanidagi «Jaychi» MFY hududini markaziy yo‘l bilan bog‘laydigan, maktabgacha va maktab ta’limi dargohlariga olib boruvchi serqatnov yo‘ldagi kanal ustiga yangi ko’prik qurilib foydalanishga topshirildi.
Loyiha qiymati 1 milliard 881.5 million so‘mni tashkil etib, uzunligi 18 metr eni esa 14 metr bo’lgan temirbeton ko‘prikni qurilishi aholi uchun chinakam sovg’a bo’ldi. Shuningdek, buning doirasida 0,7 km yo‘l qismi ham mukammal taʼmirlandi.
Qurilish ishlari olib borilgan hududning avvalgi va hozirgi holatlarini ko’rgan odamning bu kabi bunyodkorliklardan dili va ko’zi quvnaydi albatta.