Qashqadaryo viloyat avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi huquqiy targ‘ibot guruhi tomonidan Shahrisabz shahar Bo‘ston MFYda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda prokuratura xodimi,adliya maslahatchisi Fozil Raxmonov qatnashdi.

Davra suhbatini targ‘ibot guruhi a’zosi,Shahrisabz TYFUK yuriskonsulti Ashurov Mirzasulton ochib berdi, va mavzu yuzasidan tegishli tushunchalar berdi, hamda ishtirokchilarni davra suhbatiga taklif etilgan mehmon bilan tanishtirib  unga so‘z berdi.

 “Jamoat xavfsizligi va tartibiga rahna soluvchi huquqbuzarliklar hamda ularning mazmun-mohiyati” mavzusida nutq so‘zlagan Fozil Raxmonov Istiqlol yillarida mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan sud-huquq tizimi bosqichma-bosqich rivojlantirib borilayotgani, sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, odil sudlov samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini sud tartibida himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shuningdek, jamoat tartibini buzuvchi huquqbuzarliklar uchun meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan javobgarliklar, xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish, ularning tungi vaqtda ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida bo‘lishiga yo‘l qo‘yish, pornografiyani, shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, tashviq qilish, namoyish etish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangani to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumot berdi.

Davra suhbati so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.