Huquqiy targ‘ibot tadbiri. » Yangilangan O‘zbekiston Konstitutsiyasining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi,jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashdagi o‘rni».

2025-yil 27 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari huquqiy targ‘ibot guruhi a’zolari Boshqarma Bosh yuriskonsulti B.Mirzayev,Shahrisabz TYFDM yuriskonsulti Sh.Xoliqov tomonidan tuman adliya bo‘limi xodimi Samadov T. ishtirokida Shahrisabz tuman yo‘llardan foydalanishi davlat muassasi xodimlari o‘rtasida “8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 33 yilligi” munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasi yangilangan Konstitutsiyasining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi,jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashdagi o‘rni » mavzusida davra suhbati tadbiri tashkil etildi. . Tadbirda ishtrokchilarga yangilangan Konstitutsiyamizga bugungi kunda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ham bir qator muhim o‘zgartishlar kiritilganligi. Jumladan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida korrupsiyaga qarshi kurashishning inctitutsional asoslari va uning parlament bilan munosabatlari mustahkamlab qo‘yilganligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fuqarolik jamiyati institutlari va ularning tarkibi endilikda Konstitutsiyamizda aniq ochib berilganligi, mahallalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, ommaviy axborot vositalari, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va shaxslarning boshqa jamoat birlashmalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etishi belgilanganligi to‘g‘risida ma’ruzalar qilinib,tushuntirishlar berildi.