2025-yil 28 noyabr kuni xukukiy targibot guruxi azosi Nishon yullardan foydalanish korxonasi yuriskonsulti Tlyabov Yuriy Nishon tuman markazida joylashgan tuman sport maktabida 8-Dekabr «Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati» bilan makgab ishchi xodimlari urtasida «Konstitutsiya-davlatimiz asosiy qomusi» mavzusida davra suhbati o‘tkazilib,unda O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo‘lsa, birinchi Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni davlatimiz yangidan tug‘ilganligi, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam huquqiy poydevor qo‘yilganligi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi. ,Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani uning hayotiyligining kafolatidir.
Shu bilan birga, Asosiy Qonunimiz ko‘plab demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg‘or tajribaning eng yaxshi jihatlarini, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining umume’tirof etilgan normalari hamda mazkur sohadagi boshqa xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, erkinligini ta’minlash va himoya qilish mexanizmini o‘zida mujassam etgan.
Konstitutsiyaning qabul qilinishi ijtimoiy va davlat qurilishining barcha jabhalaridagi munosabatlarni, milliy qonunchiligimizning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy tizimni tashkil etdi. Davra suhbati davomida ushbular haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tildi.



